Mustaqillik yillarida Özbekistonda transport-kommunikatsiya tizimi, xususan şahar aholi taşiş transport tizimi tubdan takomillaştirildi, moddiy-texnik baza töliq yangilandi, xorijiy va mahalliy korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan eng zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta'minlandi.
2017 yilning 11 martida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan "Toşkent şahrida yölovçi taşiş transportini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 129-sonli qarori yuqorida keltirilgan işlarning mantiqiy davomidir.
Mazkur qarorning 10-bandida poytaxtda yölovçi-transport vositalarida yöl haqini tölaşning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş, mazkur loyihani amalga oşirişning aniq mexanizmi, amalga oşiruvçilar va moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş belgilangan.

Özbekistonda temiryöl va şahar transport vositalarida avtomatlaştirilgan tizimlarni joriy etiş böyiça köp yillik ijobiy tajribaga ega "Mikroelektronika Plyus" MÇJ va VIA TASHKENT MÇJ tomonidan dunyoning rivojlangan davlatlarning şahar transport tizimini, jumladan xizmatlar tölovlarini avtomatlaştiriş böyiça ilğor tajribalari örganib çiqildi. Örganiş natijalari asosida mazkur korxonalar özaro hamkorlikda yölovçi transport tizimida yöl haqi tizmini avtomatlaştiriş uçun milliy qurilma dasturiy kompleksi işlab çiqildi.

"Mikroelektronika Plyus" MÇJ direktori S.Rahimbekovning "Kun.uz"ga ma'lum qilişiça, komleks quyidagi qulayliklarga ega:
- dasturiy ta'minot mahalliy mutaxassislar tomonidan işlab çiqilgan hamda rus va özbek tillarini ta'minlaydi;
- kartoçkalar tranzit tizim orqali töldirilişi, tölovlarni ham onlayn, ham oflayn rejimlarda amalga oşiriş mumkin;
- mobil qurilamalar uçun ham maxsus dastur joriy etilib, tölovlarni kartasiz smartfondan foydalangan holda amalga oşiriş imkoni mavjud.
Dasturiy kompleks prototipi "Toşşahartransxizmat" AJga namoyiş etildi. Tizim korxona mutaxassislari tomonidan qiziqiş bilan kutib olindi va uning imkoniyatlari ijobiy baholandi.
Ta'kidlaş joizki, juma kuni mazkur elektron tölov tizimi Toşkent şahridagi 155-sonli avtobus yönalişida (Gulobod köçasi-Baxt köli) sinovdan ötkazildi. Sinovlar tugagaç, tizim yönalişning barça avtobuslarida yölga qöyilişi kutilmoqda.













