2017 yil 7 aprel kuni “Jamiyat” gazetasida “Maqsad odamlarni iş bilan ta'minlaşmi yoki ustidan kuliş?” sarlavhali maqola e'lon qilindi. Unda Taşqi migratsiya agentligi bilan boğliq masalalar haqida söz yuritilgan. Quyida uşbu maqola e'tiboringizga havola etiladi.

Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ma'lum qilişiça, ayni paytda özbekistonliklar dunyoning öttizga yaqin mamlakatida xususiy mehnat şartnomasi asosida mehnat qilişmoqda. Bundan taşqari, davlatlararo, hukumatlararo kelişuvlar, bitimlar doirasida yurtdoşlarimizning Janubiy Koreya, Yaponiya, Polşa, Rossiyada işlaşiga şaroit yaratilgan. Jumladan, 2006 yili Özbekiston hamda Koreya Respublikalari Mehnat vazirliklari örtasida Janubiy Koreyaga bandlikka ruxsat beriş (erkin yollaş) tizimi böyiça işçi yuboriş töğrisida Memorandum imzolangan bölib, mazkur kelişuvga binoan 2007—2016-yillar davomida 27 ming nafar Özbekiston fuqarosi Koreya Respublikasida işga yuborilgan. Şundan 17 ming nafari hozir mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Memorandumga asosan Janubiy Koreyada işlaşga boruvçilarga nisbatan bir qança talablar qöyilgan. Xususan, nomzodlar 19—39 yoşda, soğlom, sudlanmagan, muqaddam Koreya Respublikasida çiqarib yuborilmagan bölişi hamda koreys tilini sözlaşuv va fikrini tuşuntira oliş darajasida bilişi lozim. Nomzodlarning koreys tilini biliş darajasi koreys tili böyiça ötkaziladigan test sinovlari orqali aniqlaştiriladi. Bu Koreya tomonining talabidir.

Mana, bir neça yildirki, koreys tili böyiça ötkaziladigan test sinovlari yurtdoşlarimizning köplab e'tirozlariga sabab bölib keladi. Ötgan vaqt davomida test sinovlarida qatnaşiş huquqini beruvçi hujjatni pullaş, imtihon natijalari soxtalaştiriş, mansab vakolatlarini suiiste'mol qiliş kabi köplab noxuşliklar kuzatilgan va huquq-tartibot organlari tomonidan qonunbuzarlarning jinoiy qilmişlariga ma'lum ma'noda çek qöyilgan edi. Ana şu muammolar, şuningdek, turli qalloblik va firibgarliklarning oldini oliş maqsadida röyxatga oliş va test tizimi elektronlaştirildi. Biroq bu ham masalaning yeçimi böldi, deb aytolmaymiz. Ayniqsa, joriy yilgi sinovlarda kuzatilgan kamçiliklar buni yaqqol körsatib berdi.

TeXNIK KAMÇILIKLAR

“Janubiy Koreyaga bandlikka ruxsat beriş (erkin yollaş) tizimi böyiça işçi yuboriş töğrisida”gi Memorandumga asosan test sinovlarida qatnaşuvçilarni röyxatga oliş Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi zimmasiga yuklatilgan. Şunga köra 2017 yilning 22 mart kuni agentlik rasmiy saytida Koreyaga işga boriş istagida bölgan fuqarolar onlayn röyxatga olinişi haqida xabar qilindi. Xabarda röyxatga oliş ikki bosqiçda ötkazilişi aytilgan bölib, 27-28 martga möljallangan birinçi bosqiçda nomzodlar onlayn ravişda anketa töldirişi, 29-30 mart kunlari böladigan ikkinçi bosqiçda esa koreys tilidan onlayn savol-javobda iştirok etişi belgilangandi. Şunday böldi ham.