Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Jalilov Turkiya va Suriyada bo‘lgan
Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan portlashda asosiy gumondor sifatida qaralayotgan Akbarjon Jalilov 2015 yilning noyabrida Turkiyaga borgan. Bu haqda uning sobiq hamkasblariga asoslangan holda Reuters agentligi xabar bergan.
Manbaning ta'kidlashicha, u Turkiyadan Suriyaga ham o‘tgan. 2014 yilda Jalilov radikal guruhlarga aralasha boshlagani aytilgan.
Akbarjon Jalilov Turkiyaga borganida hamkasblariga bu yerda yaxshi ish topishi mumkinligi haqida aytgan. Jalilov Antaliyada yashaydigan amakisi Hasan Qo‘chqorovning yoniga borgan.
Qo‘chqorov Reuters muxbiriga ma'lum qilishicha, jiyani Turkiyaga kelishidan oldinroq, 2015 yilning sentabrida u yerdan ketgandi. Rossiya FXX hozircha Jalilovning safarlari marshrutini aniqlay olmayapti.
7 aprel kuni Sankt-Peterburg va Moskvada terrorchilik harakatiga aloqadorlikda gumon qilingan 8 kishi qo‘lga olingandi. Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan bu shaxslar kafelarda ishlagan va teraktga tayyorgarlik ko‘rgan. Sudda ma'lum qilinishicha, Jalilov o‘zini portlatishdan oldin bir necha qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirgan va shu orqali boshqa gumondorlar aniqlangan.
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
18:58 / 27.07.2025
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
10:37 / 24.03.2025