Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 8 aprelda Toşkent şahrida jamoat transportining yangi turi – elektriçka qatnovini yölga qöyiş loyihasi bilan tanişdi. Bu haqda "Axborot" körsatuvida ma'lum qilindi. 

Uşbu transport turi Toşkent halqa yöli böylab qatnovni amalga oşirişi rejalaştirilgan. Loyiha qiymati 265 mln dollarni taşkil qiladi. Uşbu liniyaning ikki yönalişi böylab 10 ta elektriçka (har bir yönalişda 5 tadan) harakatlanadi. Yönaliş davomiyligi taxminan 1 soatni taşkil qiladi.  

Uşbu transport turini yölga qöyiş rejasi haqida Şavkat Mirziyoyevning Toşkentdagi saylovçilar bilan saylovoldi uçraşuvida ilk bor ma'lum qilingan. Öşanda loyihani amalga oşiriş 2017-2030 yillarga möljallangani ma'lum qilingandi.

Elektriçka harakatlanadigan yöl uzunligi 71,2 kilometrni taşkil qiladi (ikki yönaliş böyiça 140 km dan köproq) va u böylab 26 ta stansiya barpo etiladi. 

Ma'lum qilinişiça, elektriçka liniyasi avtobus yönalişlari, metro stansiyalari va boşqa transport turlari bilan qulay boğlanadi. Loyihani işlab çiqişda xorijiy davlatlar tajribasi hisobga olingan.