AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson kelasi haftada, avval rejalaştirilganidek, Moskvaga keladi. Bu haqda Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan. Biroq, uşbu mahkama rahbari Boris Jonson Rossiyaga safarini bekor qildi.
"Men davlat kotibi Tillerson bilan uşbu rejalarni batafsil muhokama qildim. U, avval rejalaştirganidek, Moskvaga boradi. G20 davlat rahbarlarining uçraşuvidan söng esa, biz ruslarga özimizning aniq va muvofiqlaştirilgan qaraşimizni taqdim etamiz", - deya Jonson sözlari keltiriladi kommyunikeda.
AQŞ davlat kotibi 11-12 aprel kunlari Moskvaga keladi. Amerika qurolli kuçlarining prezident Tramp buyruği asosida Suriyaning Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga zarba berganiga qaramay, mazkur uçraşuv taşkil etiladi.
Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Boris Jonson bu taşrifdan bir kun avval 10 aprelda Moskvaga kelişi belgilangan edi. Biroq, Birlaşgan Qirollik taşqi siyosat mahkamasi rahbari Suriyadagi vaziyat özgargani sababli Rossiyaga safarini bekor qilişga qaror qildi.
"Taşqi işlar vaziri Boris Jonson 10 aprel kuni moskvaga bormaslikka qaror qildi", - deyiladi xabarda.












