AQŞ özining Yaqin Şarqdagi milliy manfaatlarini amalga oşiriş uçun qöşimça çoralar köriş niyatida, deb aytdi AQŞ prezidenti Donald Tramp.
8 aprelda Tramp AQŞ kongressiga Suriyadagi aviabazaga berilgan zarba yuzasidan maktub yölladi.
"Men özimning taşqi siyosat yurgazişdagi konstitutsiyaviy vakolatlarimga mos holda va AQŞning milliy xavfsizligi uçun hayotiy muhim manfaatlardan kelib çiqib, AQŞ oliy boş qömondoni sifatida harakat qildim. AQŞ öz milliy manfaatlarini yanada ta'minlaş uçun zarur va tegişli qöşimça harakatlarni amalga oşiradi", deyilgan maktubda.
7 aprelga ötar keçasi AQŞ Suriyaning Şayrat aviabazasiga raketa zarbasi bergandi.











