Angliya premer-ligasining 32-turidan örin olgan yana bir uçraşuvda «Everton» «Lester»ni qabul qildi.
Uçraşuvning dastlabki daqiqalaridanoq ketma-ket gollar kiritildi. Avvaliga Devis 39-soniyadayoq jamoasini hisobda oldinga olib çiqqan bölsa, Islom Slimani va Mark Olbrayton 10-daqiqagaça mehmonlarni hisobda oldinga çiqarib qöydi. Ammo liverpulliklar birinçi bölimni öz foydasiga özgartirişga muvaffaq bölişdi. Romelu Lukaku va Fil Jagelka tomonidan kiritilgan gollar hisobni 3:2 körinişiga keltirdi. Ikkinçi bölimda Lukaku tomonidan kiritilgan yana bir gol öyinga sönggi nuqtani qöydi.
Natijada «Lester» Şekspir boşçiligida qölga kiritilgan ketma-ket olti ğalabadan söng APLda ilk marta mağlubiyatga uçradi. «Everton» ğalabadan söng oçkolari sonini 54taga yetkazib, «Arsenal»ga tenglaşib oldi. Biroq «Arsenal»da uçta öyin zaxirasi bor. 32-turning sönggi uçraşuvida Arsen Venger şogirdlari ertaga «Kristal Pelas»ga qarşi uçraşuvda maydonga tuşadi
Angliya premer-ligasi, 32-tur
Everton – Lester 4:2 (3:2)
Gollar: Devis (1), Lukaku (23, 57), Jagelka (41) – Slimani (4), Olbrayton (10).
Everton: Robles, Xolgeyt, Pennington, Djagelka, Beyns, Guyye, Şnayderlin (Berri, 73), Devis, Barkli, Lukaku, Miralyas.
Lester: Şmeyxel, Amarti, Benaluan, Hut, Çiluell, Olbrayton (Uloa, 78), King, Drinkuoter, Grey (Marez, 61), Slimani, Vardi (Musa, 61).
Ogohlantirişlar: Miralyas (29), Hut (29), Beyns (45), King (64).












