Xalq deputatlari Xorazm viloyati, Gurlan tumani Kengaşi sessiyasida selektor tarzida ötkazildi. Unda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi turmuş darajasini yanada yaxşilaş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlaş borasida olib borilayotgan işlar çuqur tahlil qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Yiğilişda aholi tomonidan kötarilgan hamda parlament a'zolarining bevosita joylarga çiqib aniqlagan ayrim muammo va kamçiliklarga ham töxtalib ötildi. Xususan, tuman soğliqni saqlaş tibbiyot birlaşmasiga tegişli kasalxona binosi kapital ta'mirga muhtoj, soğliqni saqlaş taşkilotlari moddiy-texnika bazasi talabga javob bermaydi, tumanda aholini dori vositalari bilan ta'minlaş holati qoniqarli emas. Aholiga körsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmati yaxşi yölga qöyilmagan, ularning joylarga keçikib yetib boriş holatlari mavjud. Hududda malakali tibbiyot xodimlari yetişmaydi, mavjud 17 ta QVPning 11 tasi moslaştirilgan binoda joylaşgan, binolari tabiiy gaz va içimlik suvi tarmoqlariga ulanmagan.

Muhokamalar jarayonida ularni bartaraf etiş yuzasidan amaliy çora- tadbirlar belgilandi.

Şuningdek, sessiyada odamlar turmuş tarzini yaxşilaşga xizmat qiluvçi boşqa sohalar jumladan, tijorat banklari faoliyati, ular tomonidan fuqarolarga xizmat körsatiş, işbilarmonlarga kredit mablağlarining ajratilişi, huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan olib borilayotgan işlar atrofliça körib çiqildi. Ta'kidlanganidek, hududda qulay işbilarmonlik muhitini yaratiş, tadbirkorlik sub'yektlarini taşkil etiş va ularga tegişli kömak beriş borasida tumanning içki resurs hamda imkoniyatlaridan töliq foydalanilmayapti.

Örganişlar aholi bandligi, xususan kasb-hunar kollejlari bitiruvçilarini iş bilan ta'minlaş borasida öz yeçimini kutayotgan bir qator muammolar mavjudligini körsatdi. Şuningdek, tumanda aholiga savdo va maişiy, kommunal xizmat körsatiş darajasi ham zamon talablaridan orqada qolmoqda.

Yiğilişda xalq deputatlari tuman Kengaşi, uning doimiy komissiyalari faoliyati ham tahlil qilinib, tanqidiy baho berildi.