Expressen şved gazetasi 9 aprel keçki payt öz manbalariga tayanib, Stokholmdagi teraktni sodir etişda gumonlanib 7 aprelda hibsga olingan, Özbekistonning 39 yoşli fuqarosi Rahmat Oqilov aybini tan oluvçi körsatmalar berganini ma'lum qildi.
"Expressen ma'lumotlariga köra, Rahmat Oqilov söroq paytida qilgan işidan mamnun ekanligini aytgan. Bundan taşqari, u erişmoqçi bölgan narsasiga erişganini aytgan. Expressen’ning ma'lum qilişiça, Oqilov Drottniggatan köçasidagi hujumda yuk maşinasini boşqarganini tan olgan", deb yozmoqda naşr.
Naşr bergan ma'lumotlar rasman tasdiqlanmagan. Şvetsiya içki işlar vazirligi hibsga olingan şaxsning ismini aytmayapti. Biroq Stokholmdagi matbuot-anjumanida politsiya vakili gumonlanuvçi 2014 yilda Şvetsiyada yaşaşga ruxsat olişni söraganini aytgan. 2016 yilda unga rad javobi berilgan. Fevralda Şvetsiya migratsiya xizmati Oqilov işini uni mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun politsiyaga topşirgan va şundan keyin u qidiruvda bölgan.
Stokholm politsiyasi teraktni sodir etişda gumon qilib 2 kişini hibsga oldi. Ikkinçi gumonlanuvçi 9 aprel ertalab uşlangan. U haqida hozirça ma'lumotlar yöq.
7 aprel kunduzi yuk maşinasi haydovçisi Drottninggatan köçasida odamlarni bosib ketgan. U 550 metr yurib ötib, Ahlens savdo markazi binosiga urilgan. Aniqlanişiça, maşina undan yuk tuşirilayotganda öğirlab ketilgan. Hujum oqibatida 4 kişi halok bölgan, 15 kişi jarohat olgan.












