AQŞ ma'muriyati Şimoliy Koreyaning içki işlariga aralaşmoqçi emas Bu haqda AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson ABC telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

"Bizda Şimoliy Koreyadagi tuzumni özgartiriş niyatimiz yöq, bu bizning maqsad emas. Bizning maqsad Koreya yarimorolini yadroviy quroldan xoli qiliş", deb aytdi Tillerson.

Uning aytişiça, AQŞ-Xitoy sammitida Xitoy raisi Si Tszinpin "vaziyat yangi jiddiylik va tahdid darajasiga yetganiga rozi ekanligini aytgan". "Si Tszinpin Pxenyanga uning yadroviy qurolga ehtiyojiga munosabatini özgartiriş maqsadida ta'sir qilişni qöllab-quvvatlaşni istaydi", deb aytgan Tillerson hamda Vaşington Pekindan keyingi harakatlarni kutib qolişini ta'kidlab ötgan. 

Tillersonning yana bir bor ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturi AQŞda jiddiy xavotir uyğotmoqda. "Biz Pxenyanga raketa-yadroviy dasturning töxtatilişini istaşimizni aniq bildirdik", deb öz sözlarini yakunlagan AQŞ davlat kotibi.