Quyoş, şamol va biomassa energiyasi narxi tezkor sur'atlarda pasayib bormoqda, ularning dunyo miqyosidagi uluşi esa xuddi şunday sur'atlarda ösmoqda. Ötgan yili dunyodagi energiya quvvatining asosiy qismi aynan qayta tiklanuvçi energetika uluşiga töğri keldi. 

2016 yilda qayta tiklanuvçi energiya elketrostansiyalari qurilişiga ketadigan xarajatlar butun dunyo böylab 23 foizga (241,6 milliard dollargaça) pasaydi. Kiritilgan quvvat esa, 2015 yilga nisbatan 8 foizga ösgan. Olinayotgan "yaşil" elektr energiyasi uluşi esa birinçi marta umumjahon miqyosidagi işlab çiqarişning töqqizdan bir darajasidan oşib, bir yilda 10,3 foizdan 11,3 foizga ösdi. Bunday muhim davriy voqea haqida BMTda xabar berildi.  

Ötgan yili sayyorada 138,5 gigavatt quvvatli qayta tiklanuvçi energetika yölga qöyilgan edi. Bu joriy yilda kiritilgan barça quvvatlarning 55 foizini taşkil qildi. Issiqlik, atom elektr stansiyalari va yirik GESlar birgalikda bor-yöği 45 foizni berdi. Natijada qayta tiklanuvçi energiya uluşi atigi bir yilda umumjahon iste'molida 10,3 foizdan 11,3 foizga ösdi. Bundan keyin ham ösiş sur'atlari şunday bölişi kutilmoqda.

Yangi 138,5 gigavatt quvvatning 75 GVt quyoş elektr stansiyasiga töğri keladi. Şamol elektr stansiyalariga esa - 54 GVt. Quyoş energetikasi birinçi marta şamol energiyasi pozitsiyasiga yaqinlaşmoqda. Bunga sabab uning sönggi yillardagi bahosi şamol energetikasiga qaraganda tezroq qisqarmoqda. Röy berayotgan voqealar yaqin kelajakda atom va issiqlik energetikasiga raqobat muhitini keltirib çiqaradi (AQŞda AES yopila boşlagan).