Köpçilik badavlat kişilarni salbiy qiyofada köradi. Ba'zan bu şunday. Şu bilan birga, boylik oson qölga kiritiladi, deb hisoblaşadi. Qaysidir ma'noda şunday ham. Şunga qaramay, töliq kartina biroz murakkabroq. InsiderPro şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

Ular - xasis, noinsof va boylik evaziga hukmronlikni qölga kirituvçi kişilar - har holda badavlat kişilar haqida köpçilik şunday fikrda. Birinçi marta milliarder AQŞ prezidenti bölganidan söng, badavlat kimsalar va kambağallar örtasidagi tafovut ösişda davom etayotgan bir vaqtda bunday "afsona"ga işoniş ayniqsa oson.

Biroq hayot ança murakkab. Albatta, biz köpinça dunyoni oq va qora ranglarda körib örganganmiz. Quyida badavlat kişilar haqidagi yetti eng keng tarqalgan "afsona"ni yodga olamiz.

 

1. Ular katta uylarda yaşaşadi va qimmatbaho maşinalar minişadi

Sobiq Motley Fool şarhlovçisi Morgan Xuzel özining Los-Anjyelesdagi haşamatli mehmonxonada şveysar sifatidagi tajribasidan kelib çiqib, nimalarni anglaganini bayon qilgan:

"100 ming dollardan qimmat avtomobili bor kişini uçratsangiz, u haqida bir narsani aniq bilasiz: hozir uning bank hisobidagi mablaği 100 ming dollarga kam yoki u kimgadir 100 ming dollar qarz".

Albatta, har qanday qoidada ham istisno böladi, lekin umumiy olganda, şuni inobatga oliş kerakki, uning işlari siz öylagandek yaxşi bölmasligi ham mumkin. Bu ğoya Stenli Tomas va Danko Uilyamning millionerlar töğrisidagi kitobida bayon qilingan xulosalar bilan tasdiqlanadi. Mualliflarning aniqlaşiça, 1 million dollardan ziyod mablağga ega oilalarning aksariyati örta toifa aholi yaşagan joylarda istiqomat qilgan va ular öz mavqeini tasdiqlovçi xaridlardan qoçişgan.

 

2. Badavlat kimsalar baxtliroq, çunki ularning puli köp

Ba'zi tadqiqotlarga köra, badavlat kişilar haqiqatda boşqalarga nisbatan baxtliroq. Biroq şu bilan birga daromadlarning oşişi insonlarni faqat ma'lum bir davrgaça baxtli qilişidan dalolat beruvçi izlanişlar natijalari ham mavjud. Daromadingiz ehtiyojlaringizni qoplaydigan darajada oşib, xarajat haqida öylamay, könglingizga kelganini qila oladigan paytingiz kelganidan keyingi kirimlarning oşişi sizning kayfiyatingizni yaxşilay olmaydi.