General Motors kompaniyasi Cadillac CT6 modelini namoyiş etdi. U 2017 yilning kuzida çiqariladi va GM’ning Super Cruise funksiyasiga ega birinçi avtomobiliga aylanadi. Işlab çiqaruvçiga köra, bu haydovçiga yölda harakatlanganda rulni qöyib yuboriş imkonini beruvçi ilk transport vositasi böladi.
Tesla kompaniyasining Autopilot’i qöllar doimo rulda bölişini talab qilsa, yangi Cadillac’da yölga qaraşning özi yetarli böladi. Infraqizil kamera haydovçi boşining holatini kuzatib turadi. Agarda qurilma haydovçi e'tiborini yöqotgan, deb hisoblasa, tovuş va nur signallarini işga tuşiradi. Xavf paydo bölganda esa avtomobil avtomatik ravişda töxtaydi.

Biroq Super Cruise funksiyasidan alohida avtoyöllarda foydalanişga ruxsat beriladi. Bu yönaliş böyiça Tesla yetakçilik qilmoqda, unda Autopilot ança köproq holatlarda faollaştirilişi mumkin.
Super Cruise uçun qöşimça tarzda 2,5 ming dollar tölaş talab etiladi. Cadillac CT6’ning özi esa kamida 66 290 dollarga tuşadi.











