10:54 / 11.04.2017
7826

Karting bo‘yicha Toshkent shahar ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi

2 aprel kuni Toshkent shahar “Vatanparvar” tashkiloti tasarrufidagi Toshkent birlashgan texnika maktabi kartodromida sportning Karting turi bo‘yicha o‘rtasida Toshkent shahar ochiq birinchiligi o‘tkazildi. O‘zbekistonda bunday sport musobaqasining tashkil etilishidan asosiy maqsad yoshlarni nafaqat shahar, respublika bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishlari uchun keng miqyosda ko‘plab ishlar amalga oshirayotganini ko‘rsatib berish, balki mamlakatda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma'naviy jihatdan sog‘lom bo‘lishini ta'minlashdir. 

Mazkur musoboqada sportchilar turli sinflarga bo‘linib qatnashishdi. Ana shulardan “Pioner” sinfidan ishtirok etgan va Bektemir O‘quv sport texnika klubi a'zosi Najmiddinov Kamoliddin birinchi o‘rinni, Toshkent viloyatidan Ushcheka Artyom ikkinchi o‘rinni va shu viloyat a'zosi Nazirov Arslon uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

“Mini” sinfida ishtirok etgan sportchilarning natijalari:

1-o‘rin Simkova Kristina. Toshkent birlashgan texnika maktabi. 
2-o‘rin Dromashko Aleksey. Toshkent viloyati.
3-o‘rin Talybov Elshan. Yashnobod O‘quv sport texnika klubi.

“Soyuzniy - Yunior” sinfida ishtirok etgan sportchilarning natijalari:

1-o‘rin Donchenko Sasha. Toshkent viloyati.  
2-o‘rin Narkuziyev Timur. Toshkent viloyati.

“Kadet - Yunior” sinfida ishtirok etgan sportchilarning natijalari:

1-o‘rin Talibov Emin. Yashnobod O‘quv sport texnika klubi.
2-o‘rin Belyakov Danil. Toshkent birlashgan texnika maktabi.
3-o‘rin Temirgaliyev Komil. Toshkent birlashgan texnika maktabi.

Ushbu birinchilikda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sovrindorlar esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.

 

Top