Jamiyat | 18:09 / 11.04.2017
6893
1 daqiqa o‘qiladi

Nukusda "Mediapark", "Megaplanet" va gipermarket quriladi

Nukus shahrida xizmat ko‘rsatish sohasida ishlashi ko‘zda tutilgan maishiy xizmat ko‘rsatish texnikalari bo‘yicha "Mediapark", yirik savdo va ko‘ngilochar markazlarini o‘z ichiga sig‘diradigan "Megaplanet" majmualarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.

Shuningdek, Nukus shahridagi "Nukus Dehqon bozori" zamonaviy, me'morchilik namunasidagi gipermarket (uch qavatli savdo va ko‘ngilochar o‘rinlari) tarzida qayta ishlanib, shahar xalqiga yanada qulay savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

Mavzuga oid