Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon özining tönğiç öğli Rustam Imomalini Duşanbe şahri hokimi etib tayinlaş haqidagi farmonni imzoladi. Bungaça Rustam Imomali uşbu lavozimni vaqtinçalik egallab kelayotgandi. Farmon 4 aprelda imzolangan.
Rustam Imomali Duşanbening sobiq hokimi, 64 yoşli Mahmadsaid Ubaydulloyev iste'foga ketkazilgaç, 12 yanvarda Duşanbe hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. Ubaydulloyev uşbu lavozimni 19 yil davomida egallab kelgandi.
Rustam Imomali yangi lavozimni bajarişga kirişgaç, muammolarni hal qilişga katta kölam bilan kirişib ketdi.












