Allom Iqbol nomidagi “Lahor” xalqaro aeroportida 5 aprel kuni Özbekiston diplomatik missiyasi tomonidan “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasining Toşkent-Lahor yönalişi böyiça birinçi reysi qabul qilinişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.

Şu kuni Özbekiston elçixonasi MAKning Lahor şahridagi vakolatxonasi bilan maxsus uçraşuv taşkil etdi. Unda iştirokçilar Özbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlar jarayoni bilan taniştirildi. 

Tadbir davomida Toşkent, Samarqand, Xiva, Buxoroning diqqatga sazovor joylari haqidagi hujjatli film namoyiş etildi. Alohida video-taqdimotda Özbekistonning turistik sohasi rivoji, zamonaviy mehmonxona majmualari rivojlanişi, transport va servis infratuzilmasi haqida ma'lumot berildi.