AQŞ yetakçiligidagi koalitsiyaning Afğonistondagi "Tolibon" radikal harakatiga qarşi çoralari KXŞT (Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti) mamlakatlarida narkotrafik ösişiga sabab böldi. Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev "Mir" telekanaliga bergan intervyusida şunday fikrni bildirgan.
"Nima uçun giyohvand moddalar aylanmasi ortdi, nima uçun Afğonistondan boşqa mamlakatlarga bu kabi moddalar yetkazib berilişi kuçaydi? Çunki, "Tolibon" ozmi-köpmi naşa ekilişi, bu kabi ösimliklar yetiştirilişiga qarşi kuraşib keldi, ularning örniga kelgan amerikaliklar yetakçiligidagi koalitsiyaning bu bilan işi bölmadi", — degan Atamboyev.
Uning qayd etişiça, "ötgan davr mobaynida opiy makini ekiş, opiy dalalari bir neça marotaba ortgan bölsa kerak". "Bu yillar uçun biz, Afğonistonda tartib örnatmoqçi bölganlarga "taşakkur bildirişimiz kerak". Kim nima desa-desin, natija aniq. Bu yerda şunday qoidaga amal qilingan: biror narsa qilaylik, keyin köramiz. Mana bilganini qilişdi. Aziyatini bizlar çekayapmiz. Öylaymanki, bu yomonlik bilan qilinmagan, garçi xayolga turli fikrlar kelib tursa-da", — degan Qirğiz davlati rahbari.
Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan Qirğiziston hududidan dunyodagi eng yirik narkotrafiklardan biri ötadi. "Şimoliy yöl" deb nomlanuvçi yönaliş orqali Afğonistondan Rossiya va Yevropa mamlakatlarga yiliga 75 tonnagaça geroin va gaşiş yetkazib beriladi.












