Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dortmunddagi portlashlar "Borussiya" klubiga qaratilgani aytildi
Dortmundda 11 aprelda sodir etilgan portlashlar "Borussiya" futbol klubiga qaratilgan bo‘lgan. Bu haqda nemis politsiyasiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz bu hujum "Borussiya" jamoasiga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaymiz", deb aytdi Dortmund politsiyasi boshlig‘i Gregor Lange. Uning aytishicha, politsiya tergovda istalgan burilishlar yuz berishi mumkinligini istisno qilmayapti.
"Borussiya" avtobusi oldida sodir etilgan portlash oqibatida futbolchi Makr Bartra qo‘lidan jarohat oldi.
Germaniya politsiyasi portlashlar terakt bo‘lganini tasdiqlamayapti hamda xavfsizlik yuqori darajada ekanligini aytgan.
"Terrorchilik hujumi xavfi bugungi kunda yangilik hisoblanmaydi. Biz bunday hujumlarga uzoq vaqt tayyorlanganmiz. Men bu terakt bo‘lgan, deb taxmin qilmoqchi emasman. Barchasi tergov qilinadi. Biz ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni istaymiz. Tergov professional darajada olib borilmoqda", deb aytgan Lange.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
23:26 / 14.05.2026
Turizm qishlog‘idagi portlash - Oqbo‘yrada osmondan tosh yog‘ildi
09:17 / 05.05.2026