«Barselona» hujumçisi Neymar mavsum öyinlaridan biri bölgan «El-Klasiko»ni ötkazib yuborişi rasman ma'lum böldi. U Ispaniya çempionatining 31-turi doirasida «Malaga»ga qarşi öyindagi harakati uçun 3ta öyinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Primera rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Endilikda uşbu braziliyalik futbolçi «Real Sosedad» (15 aprel), «Real» (23 aprel) va «Osasuna»ga (26 aprel) qarşi uçraşuvlarni ötkazib yuboradi.
Neymar «Malaga»ga qarşi bellaşuvning 27-daqiqasida ogohlantirilgandi (butsasini boğlaş bahonasida hakamning aytganini qilmagani uçun), 65-daqiqada esa töpga yeta olmagaç, raqibiga nisbatan qöpol öynadi. Natijada öyin hakami Hil Mansano uni maydondan çetlatdi. Futbolçi maydondan çiqib keta turib, törtinçi hakamga namoyişkoralik bilan qarsak çaldi va uning bu harakati hakamni haqoratlaş sifatida baholandi.

Neymar «Malaga»ga qarşi öyinda hakamga nisbatan harakati uçun jazolanişi mumkin












