Vakuum quvurda yölovçilarni taşiş tizimini yaratiş bilan şuğullanuvçi Hyperloop One kompaniyasi ilk marta AQŞdagi 11 yönalişi haqida e'lon qildi. Hisob-kitoblarda muhandislar joy relefi va trassa qurilişi xususiyatlarini inobatga olişdi.

Boston — Providens

Kompaniya hisob-kitobiga köra, kapsula ikki şahar örtasidagi 103 kilometr masofani 10,7 daqiqada bosib öta oladi. Marşrut davomida ikki bekat bölişi közda tutilgan.
Google Maps ma'lumotlariga köra, ikki şahar örtasidagi masofani avtomobilda bosib ötiş uçun 54 daqiqa ketadi, poyezdda - 33 daqiqa, samolyotda esa - 30 daqiqa.
Şayyenn — Denver — Dallas — Xyuston

1800 kilometr uzunlikdagi marşrut AQŞning biryöla bir neça yirik şahridan ötadi. Kapsula butun masofani 1 soat va 48 daqiqada bosib öta oladi. Xuddi şunday sayohat samolyotda - 4 soatu 20 daqiqa, avtomobilda esa - 17 soatni band qiladi.
Çikago — Pittsburg
Hyperloop One 785 kilometrli masofani 47 daqiqada bosib ötişni rejalaştirmoqda. Bugungi kunda Çikago va Pittsburg örtasidagi yölni avtomobilda bosib ötiş - 7 soatdan ortiq, samolyotda esa - 1 soat va 30 daqiqa vaqtni oladi.
Denver aeroporti — Kolorado-Springs
Kapsula 135 kilometrni atigi 8,5 daqiqada bosib öta oladi. Hyperloop muhandislarining ta'kidlaşiça, bu marşrutda eng uzun tunnel quriladi, unda oraliq stansiyalar bölmaydi. Bundan taşqari, yönaliş toğli hududdan ötadi.
Boşqa yönalişlar
- Kanzas-Siti — Sent-Luis. Hyperloop ikki şahar örtasidagi masofani 12,9 daqiqada bosib ötadi.
- Los-Anjyeles — San-Diyego. Kapsula 200 kilometrli yönalişni 12,5 daqiqada bosib öta oladi.












