Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko AQŞning Suriyadagi harbiy obektlarga bergan raketa zarbalariga izoh berarkan, davlatlar içki muammolarini tajovuzkor taşqi siyosati hisobiga hal qilmasliklari kerakligini aytdi. 

Lukaşenko bu fikrlarni "Reçitsadrev" kompaniyasi mehnat jamoasi bilan muloqoti vaqtida aytib ötdi.

"Men raketa zarbalari haqida bilganimda, juda afsuslandim. Içki masalalarni tajovuzkor taşqi siyosat hisobiga hal qiliş – bu yeçim emas. Bugun Amerika bir özi va hattoki NATO böyiça özining eng yaqin ittifoqdoşlari bilan ham butun dunyoni ağdara yoki boşqara olmaydi. Nafsni tiyib, katta manfaatlaring bölgan masalalar bilan şuğullaniş kerak. Bu manfaatlar esa birinçi navbatda Şimoliy Amerikadadir", deb aytgan Lukaşenko.

Lukaşenko matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, Belarus yetakçisi Donald Tramp xalq tomondan AQŞ prezidenti etib saylangani, biroq mamlakatning siyosiy elitasi va parlamenti unga qarşi çiqişga harakat qilayotganiga e'tibor qaratdi. Bu vaziyatda AQŞ yetakçisi saylovoldi kampaniyasi vaqtida fuqarolarga bergan va'dalarni bajarişga urinmoqda, biroq bu taşabbuslarning amalga oşirilişi har qanday yöl bilan töxtatilmoqda.

"U mamlakatni boşqara olişini isbotlaşi kerak. U yerda esa bunga xalaqit qilişmoqda, bunga yöl berişmayapti. Va şunda içki siyosiy masalalarni hal qiliş va odamlarga yoqiş uçun tugma bosiladi", deb ta'kidlab ötdi Lukaşenko.

Lukaşenkoning aytişiça, Suriyada sodir etilgan kimyoviy hujum bilan boğliq ma'lumotlar şubhalidir va şuning uçun raketa zarbasini berişdan oldin vaziyatni batafsil taftiş qiliş kerak edi.