«MIR 24» telekanali Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevdan eksklyuziv intervyu oldi.
Nazarboyev, jumladan, KXŞT (Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti) faoliyatiga doir savolga ham javob berdi.
Uning sözlariga köra, Qozoğiston jamoatçiligi boşqalardan özlarining sabr-bardoşli ekanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda Mustaqillikning ilk kunlaridan etnik, diniy, til va madaniy körinişlaridan qat'inazar tenglik qoidasi böyiça siyosat olib borilmoqda.
Nazarboyevning ta'kidlaşiça, terrorçilik ğoyasi mamlakatga "surbetlarça" kirib kelmoqda. Şu boisdan ham diqqatli böliş zarur.
Prezidentning yodga olişiça, qozoğistonlik terrorçilar bir narsani unutmasliklari lozim, endi ular vatanlariga qayta olişmaydi va fuqarolikdan mahrum qilinadi.
Elboşi, şuningdek, terrorizmni Qozoğiston uçun eng ulkan çaqiriq deb bilişini aytdi. Ikkinçi katta muammo – bu migratsiyadir. 600 mingga yaqin muhojirlar bilan iş olib borilmoqda. Uçinçisi – giyohvand moddalar savdosi bölib, Afğonistondan boşqa mamlakatlarga, Qozoğistonga, Rossiya va hatto Yevropaga yetkazilmoqda.
"Mana şu çaqiriqlar eng asosiylaridir. Ammo, biz faqat şu yönalişda iş olib borayotganimiz yöq.
Birinçidan, harbiy kadrlarni öqitiş amalga oşirilmoqda. Bizning yoşlar boşqa davlatlarda öqiyotgan bölsa, qöşni mamlakatlar yoşlari bizning harbiy ta'lim muassasalarida tahsil olişmoqda. Kollektiv xavfsizlik şartnomasi şaroitida bir-birimizni imtiyozli ravişda qurol-aslahalar bilan ta'minlaymiz. Va albatta, bunda Rossiya qurol-yaroğ tizimi ustunlikka ega", - deb ta'kidlagan Qozoğiston rahbari.












