AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama Berlindagi Yevangeliye çerkovida bölib ötadigan bayramga taşrif buyurmoqçi. Obama Germaniyaga safari davomida 25 may kuni Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uçraşadi. Siyosatçilar demokratiya va kelajak mavzusidagi muhokamalarda iştirok etişadi, deb ma'lum qildi Focus naşri.
Muhokamaning nomi "Demokratiyani faollik bilan quriş – öz uyi va dunyoda javobgarlikni zimmasiga oliş" deb ataladi va Brandenburg darvozalari yaqinidagi studiyada bölib ötadi.
Obama oxirgi marta Berlinga 2016 yil noyabrda AQŞ prezidenti sifatida taşrif buyurgan. Obama 2008 yilda ham Berlinga kelgan, biroq u öşanda AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod bölgan.
Germaniyada 2017 yilda Yevangeliye çerkovi reformatsiyaning (16- asrda Ğarbiy Yevropada katolik çerkovi va papa hokimiyatiga qarşi olib borilgan diniy şakldagi ijtimoiy-siyosiy harakat) 500 yilligini nişonlaydi. Reformatsiya 1517 yildan beri olib boriladi. Taxmin qilinişiça, aynan şu yilda Vittenbergda Martin Lyuter katolik çerkovni tanqid qiluvçi 95 ta tezisini ma'lum qilgan.
2017 yil 28 mayda Vittenbergda katta bayramona çerkov ibodati bölib ötadi. Taxmin qilinişiça, aholisi 50 ming kişini taşkil qiluvçi bu şaharga bayram kunlari 300 minggaça odam taşrif buyuradi.












