Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 11 aprel kuni navbatdagi videoselektor majlis ötkazildi. 

Yiğilişda Parlament rahbariyati, prezidentning davlat maslahatçilari, hukumat a'zolari, vazirlar, kompaniya va uyuşmalar rahbarlari, viloyatlar, şaharlar va tumanlar hokimlari, Toşkent şahri hokimi, şuningdek, jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Videoselektor yiğilişining kun tartibida hayotiy muhim masalalar böyiça fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş, aholining turmuş darajasini yanada yaxşilaş yuzasidan körilayotgan muammolarni öz vaqtida hal etiş böyiça vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar rahbarlarining şaxsiy mas'uliyati va javobgarligi masalalari örin olgandi.

Şuningdek, majlisda viloyatlar, tumanlar va şaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, mahalliy byudjyetlarning soliq tuşumi bazasini kengaytiriş hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş böyiça keçiktirib bölmaydigan muammolarni hal etiş yuzasidan vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar rahbarlarining vazifalari töğrisidagi masalalar körib çiqilgan.