Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina va Suriyadagi inqirozlarga barham beriş böyiça olğa siljiş közga taşlanmagunça Moskvaga kelmoqçi emas edi. Biroq, uning qaraşlari kutilmaganda özgarib ketdi, deb yozmoqda Spiegel naşri.

Merkel 2 may kuni Moskvaga keladi. Berlin ma'muriyati bu taşrifni Hamburgda bölib ötadigan G20 sammitiga tayyorgarlik, deb aytmoqda. 

"Aslida, bu safar  — yomonlikning oldini olişga urinişdir", — deyiladi maqolada. 

Naşr taxminiga köra, nemis diplomatlari Ukrainadagi vaziyatni öta xavfli deb baholaşadi. Sönggi oylarda Donbassdagi ahvol ança yomonlaşdi, deb yozadi maqola muallifi. Şu bilan birga, Donald Trampning Amerika prezidentligi uçun ğalabasi jahon siyosatidagi qartalarni qoriştirib yubordi. Tramp Vaşingtonda lavozimiga kirişganidan 3 oy ötgan bölsa-da, Rossiyaga nisbatan siyosat borasida aniq töxtamga kelgani yöq. 

"Vaziyat öta xavfli", — deb yozgan Spiegel, kansler ma'muriyati esa boşqa narsani kutayotganini ta'kidlaydi. 

Tramp saylanganidan söng, Berlindagilar, uning Ukraina böyiça Putin bilan kelişib olişidan xavotirlanişgan edi. Bu kanslerning obrösiga putur yetkazar edi. Çunki, Merkel Rossiyaga qarşi sanksiyalarning jiddiy tarafdorlaridan biri edi. 

"Ammo, aksi röy berdi. Vaşington Moskvaga nisbatan şunçalik kutiş siyosatini tanladiki, işlaşning özi muşkul vazifaga aylanmoqda. AQŞ va Rossiyaning faol yaqinlaşuvi emas, balki umuman aloqasizligi boş oğriğiga aylandi". 

Amerika prezidenti ma'muriyatining "Rossiya bilan aloqalari"ni suriştiriş Tramp ma'muriyatini "mudofaaga ötişga" majbur qildi. Endi esa, u Rossiyaga yaqinlaşiş yölini topa olmayapti. "Ayni vaqtda Tramp Moskvaga aloqador barça narsada salohiyatga ega emas", — deya federal hukumatdagi manba sözlaridan iqtibos keltiradi gazeta. 

Hozirça, Kreml kutişni ma'qul körmoqda, deydi Spiegel. Moskva Vaşingtonda qaysi kuçlar ğolib çiqişini diqqat bilan kuzatayapti. U yerda Moskvaga döstona yoki duşmanona kayfiyatdagilar qöli baland kelişi noma'lum. Şunday ekan, "xavfli böşliq" paydo böldi. 

Merkel, öz navbatida, yuzaga kelgan vaziyat juda ham jiddiy, deb hisoblaydi. Kantsler uç hafta muqaddam, "amerikaliklarni öyinga qaytariş uçun" Vaşingtonga kelgan edi, endi esa Rossiyaga yöl olmoqda.