Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida işlab çiqilgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qilişga oid yangi vazifalar belgilangan. 

Şu asosda mamlakatimizda sud hokimiyatining nufuzini oşiriş, çinakam mustaqilligini ta'minlaş bilan bir qatorda soha faoliyatini yanada takomillaştirişga qaratilgan çora-tadbirlar amalga oşirilayotir. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 21 fevraldagi “Özbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni buning yaqqol tasdiğidir.  

Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaş maqsadida işlab çiqilgan “Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi va “Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”gi qonunlar 2017 yil 7 aprelda matbuotda e'lon qilindi. ÖzA agentligi saytida uşbu kengaş faoliyati qanday taşkil etilişiga doir maqola e'lon qilingan.

“Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar va qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun bilan Asosiy qonunimizning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111-moddalariga özgartişlar va qöşimça kiritildi. Bulardan ayrimlari Sudyalar oliy kengaşi bilan boğliq bölib, uşbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar “Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”gi qonunda töliq öz ifodasini topgan. 

Yangi kengaş konstitutsiyaviy maqomga ega böldi. Konstitutsiyamizning 111-moddasiga köra, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi sudyalar hamjamiyatining organi bölib, u Özbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilişini ta'minlaşga kömaklaşadi. Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşini taşkil etiş va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Bunday maqom kengaşga yuklatilgan vazifalarni mustaqil va samarali amalga oşirişning muhim konstitutsiyaviy kafolati hisoblanadi. Xalqaro standartlarda bunday amaliyot doim yuksak e'tirof etilgan. Şuning uçun ham köpgina rivojlangan demokratik davlatlar konstitutsiyalari bunday vazifani amalga oşiruvçi organlar faoliyatini tartibga soluvçi normalarni özida ifodalagan. 

Yana bir e'tiborli jihat şundaki, mazkur organni taşkil etiş va uning faoliyati avvalgidek davlat boşliği farmoyişi bilan tasdiqlangan nizom asosida emas, balki qonun bilan belgilanişidir. Sudyalar oliy kengaşi raisi avvalgidek Senat a'zolari orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyişi bilan tayinlanmay, balki boşqa bir qator mustaqil konstitutsiyaviy organlar rahbarlari kabi Prezidentimizning taqdimiga binoan Senat tomonidan tayinlanişi yuqori palataning mutlaq vakolatlariga kiritildi.