«Özbekiston havo yöllari» MAK Kanadaning SAYe kompaniyasining Boeing-767 Full-flight-simulyatorini (FFS) oldi.  

Ayni damda MAK trenajyor majmuasida SAYe mutaxassislari bilan birgalikda uni örnatiş-montaj işlari amalga oşirilmoqda. 20 apreldan dasturiy ta'minot va trenajyor qurilmalarini sozlaş ötkaziladi, şundan söng uni sinovdan ötkaziş va sertifikatlaştiriş bölib ötadi. Trenajyor joriy yilning 9 iyun kuniga qadar foydalanişga topşiriladi.

Joriy yilning may oyida kanadalik mutaxassislar tomonidan milliy aviakompaniyaning öquv-maşğulot markazida aviakompaniyaning 10 nafar muhandisi öqitiladi va ular aviatrenajyorga mustaqil xizmat körsatişga ruxsat oladilar. 

FFS Boeing-767 trenajyori aviatsion trenajyorlar işlab çiqarişda yetakçi hisoblangan SAYe kompaniyasining eng yangi işlanmasidir. U zamonaviy dasturiy ta'minot, vizuallaştiriş va 6 ta erkinlik darajasiga ega harakatçan tizimlar bilan jihozlangan, unda parvozning ham yerdagi, ham havodagi turli ssenariylari böyiça maşğulot ötaş mumkin.