Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev agar IŞID yöq qilinsa ham, uning örniga boşqa terrorçilik taşkiloti kelişini aytdi. U bu fikrni "MIR" telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Atambayevning fikriça, birinçi navbatda musulmon dunyosida IŞID mafkurasiga qarşi kuraşişga erişiş uçun bu masalaga global miqyosda yondaşiş kerak. "IŞIDni bir yoki ikki yil içida yöq qiliş mumkin, biroq fikrimça, uning örniga qandaydir boşqa taşkilot keladi. Çunki afsuski, bugungi kunda islom davlatlarida biz köpinça odamlarda ba'zan tanlov yöqligini köramiz: u yerda bir tomondan özining boyişi bilan şuğullanuvçi qandaydir monarx yoki avtoritar tuzum, ikkinçi tomondan islom sotsializmi, bizga 1917 yilda taklif qilingan yalpi tenghuquqlik ğoyasini taklif qilayotgan IŞID mavjud", deb aytdi Atambayev.

Uning aytişiça, IŞID taklif qilayotgan ğoya odamlarni qamrab olmoqda va bu yerda vaziyatdan çiqişning yagona yöli islom davlatlariga mamlakatning normal rivojlaniş yöli, e'tiqod erkinligi, vijdon erkinligiga ega normal ziyoli, demokratik rivojlaniş mavjudligini körsatiş kerak. Aynan şuni Qirğiziston qilişga urinmoqda.

"Men yaşirmayman: bizda Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti davlatlarida taqiqlangan ba'zi taşkilotlar faoliyat yuritadi. Qirğizistonda ularga ruxsat berilgan, biroq bundan bizda köproq taranglik yoki köproq terrorçi bor deb ayta olmayman, töğriroği buning aksidir", deb qöşimça qildi Atambayev. 

"Ba'zan, köpinça AQŞ qilgandek taqiqlaş yoki bombardimon qiliş yöli bilan emas, profilaktika usuli bilan boriş kerak va muammoga içkariroq qaraş lozim. Biroq biz Afğoniston tomondan xavf borligini tuşunamiz. Taxminan bir hafta oldin Rossiya va Tojikiston bilan birgalikdagi maşğulotlarni ötkazdik. Ötgan yili KXŞT davlatlari, jumladan bizning bir neça bölinmamiz Tojikistonning Afğoniston bilan çegarasida manyovrlar ötkazgandi. Bizning bölinmalar Tojikistondagi maşğulotlar joyiga piyoda yetib borgan. Şu tariqa bizning askarlar vaziyat keskinlaşganda tojikistonlik döstlarimizga yordamga ulgura olişlari sinovdan ötkazilgan", deb ta'kidlab ötdi Qirğiziston prezidenti.