Bugun, 12 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi örinbosari Böritoş Mustafoyev 68 yoşida oğir xastalikdan vafot etgan. Bu haqda Konstitutsiyaviy sud matbuot xizmati ma'lumot bergan.

U 9 aprel kuni Toşkent şahridagi Yurak xastaliklari klinikasiga yotqizilgandi.

Böritoş Mustafoyev 1949 yilda Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida tuğilgan. 1971 yilda Toşkent davlat universitetining yuridik fakultetini tugatib, mehnat faoliyatini Samarqand viloyat prokuraturasining bölim prokurori lavozimidan boşlagan. Köp yillar davomida prokuratura organlarida mas'uliyatli lavozimlarda işlab, 1989 yilda Özbekiston Respublikasi prokurori, 1993 yilda esa Özbekiston Respublikasining Boş prokurori lavozimiga tayinlandi. 1998 yildan boşlab Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi örinbosari, Adliya vazirining örinbosari, Konstitutsiyaviy sudining raisi, Markaziy saylov komissiyasining raisi, Oliy sudining raisi lavozimlarida işladi. 2014 yilda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining örinbosari lavozimiga saylanib, umrining oxirigaça şu lavozimda mehnat qilib keldi.

Mustafoyev “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist” faxriy unvoni, II darajali “Şon-şaraf” va “Mehnat şuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan. Oliy malaka darajali sudya. I darajali Davlat adliya maslahatçisi.

"Böritoş Mustafoyev oqil va oliyjanob, vatanni samimiy sevadigan va xalqi uçun jonkuyar inson edi. U mustaqil Özbekistonning şakllanişi va davlatçilikni mustahkamlaşga, qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlaşga, huquqiy tizimning şakllanişi va rivojlanişiga katta hissa qöşgan", deyilgan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi xabarida.

Sayt tahririyati Böritoş Mustafoyevning qarindoşlari va yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi.