Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi içki yöllarni ta'mirlaş loyihasi bilan tanişdi. Loyihaga köra 2017-2018 yillarda tumandagi barça içki yöllar töliq ta'mirlanadi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Davlat rahbari loyiha bilan tanişar ekan, yöllarning sifati va zamonaviyligiga alohida e'tibor qaratiş zarurligini ta'kidladi. 

Katta bino va inşootlar, bozor hududlariga yaqin masofalarda joylaşgan avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylari yetişmasligi muayyan noqulayliklar tuğdirayotganligini körsatmoqda. Prezidentga katta bino va inşootlar oldida maxsus avtoturarjoylar loyihasi haqida axborot berildi. 

Unga köra binolar yonida avtomobillar uçun möljallangan uç va tört qavatli avtoturarjoylar qurilişi rejalaştirilgan. Bu yöllardagi tirbandliklarning oldini oliş, haydovçilar va piyodalar xavfsizligini ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Prezident yöllarni yaxşilaş bilan birga, avtotransport vositalarini vaqtinça saqlaş joylarini ham zamonaviy talablar darajasida bunyod etiş böyiça mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi.