Qozoğiston taşqi işlar vazirligi YeI mamlakatlari bilan viza tartibi yengillaşişiga umid qilmoqda. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati ma'lum qildi. Qozoğiston taşqi siyosat mahkamasi rahbari Qayrat Abdraxmanov Germaniya Bundestagining "Germaniya – Markaziy Osiyo" parlament döstlik guruhi rahbari Manfred Grund rahbarligidagi delegatsiya a'zolari bilan şu xususda fikr almaşgan. 

"Uçraşuv çoğida Abdraxmanov ikki mamlakat va Qozoğiston hamda YeI örtasidagi munosabatlarni rivojlantirişda özaro fuqarolar bordi-keldisini qulaylaştiriş muhim ekaniga e'tibor qaratgan. Şu bilan birga, Qozoğiston fuqarolarini hujjatlaştirişda nazorat standartlarini muntazam oşirib kelmoqda. Davlat migratsiya tahdidini mujassam etmaydigan mamlakat sifatida YeI tomonidan Şengen hududiga qozoğistonliklarning borişini osonlaştiriş böyiça javob çoralari körilişiga umid qiladi", - deyiladi TIV xabarida.