Amerikalik şifokorlar muntazam yuguriş maşqlari hayot davomiyligining bir neça yilga oşişi bilan boğliq ekanini körsatib berişdi. Progress in Cardiovascular Diseases jurnalida bu haqida batafsil ma'lumot berildi.
Olimlarning sözlariga köra, 40 yil davomida haftasiga ikki soatdan yuguriş bunday jismoniy faollikka e'tibor qaratmaydiganlarga nisbatan hayot davomiyligining taxminan 3 yilga oşişi bilan boğliq ekan. Şuningdek, mutaxassislar muntazam yuguriş maşqlari erta ölim xavfini 25-40 foizga qisqartirişini ham ta'kidlaşdi.
Olimlarning xulosalariga oid ma'lumotlar hatto vaqti-vaqti bilan çekuvçi, spirtli içimliklarni iste'mol qiluvçi yoki qaçonlardir ortiqça vaznga ega bölgan kişilarga ham töğri keladi. Tadqiqot asosan örta toifali oq tanli amerikaliklar orasida ötkazilgan.
Mutaxassislar yugurişning qanday sabablarga köra hayot davomiyligini uzaytirişini ma'lum qilişmadi. Eng yaqin gipoteza - bunday jismoniy faollikda organizmga aerobik yuk tuşadi, bu esa uzoq umr körişning asosiy omillaridan biridir.












