«Bavariya» yarim himoyaçisi Arturo Vidal Madridning «Real» klubini javob bellaşuvida mağlub etişga işonayotgani haqida gapirdi. Eslatib ötamiz, «Bavariya» YeÇL ¼ finali ilk uçraşuvida 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi – Vidal töp kiritdi, biroq, şu bilan birga, penaltini aniq amalga oşira olmadi.
«Men penaltini ura olmaganimdan juda afsusdaman, biroq hali hammasi tugagani yöq – oldinda yana 90 daqiqa bor. Biz – buyuk jamoamiz va keyingi bosqiçga çiqa olamiz. Umid qilamanki, Madridda ğalaba qozonib, ÇL finalida „Yuventus“ bilan öynaymiz», - deya Vidalning sözlarini keltiradi Football Italia.
Eslatib ötamiz, «Real» va «Bavariya» örtasidagi javob uçraşuvi Madridda 18 aprel kuni bölib ötadi.












