AQŞ birinçi marta jangovar şaroitlarda eng katta noyadroviy bombani IŞIDning Afğonistondagi jangarilariga qarşi qölladi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
"Zarba Nangarxor viloyatining Açin tumaniga 13 aprelda berilgan. Zarbadan maqsad IŞID jangarilari, ular harakatlaniş uçun qöllagan tunnellar tizimini nişonga oliş bölgan. GBU-43 bombasi qöllangan", deb aytdi Pentagon vakili.
Taşlangan bomba eng katta noyadroviy bomba bölib, "barça bombalarning onasi" degan norasmiy nom ham olgan.
Öta qudratli aviatsion fugas bomba MC-130 samolyotidan taşlangan. Uning qöllanişi haqidagi buyruqni general Jon Nikolson bergan. Ma'lumotlarga köra, bunday bombaning oğirligi 9,5 tonnani taşkil qiladi.
Pentagon vakillarining ta'kidlaşiça, tinç aholi örtasida qurbonlar bölmasligi uçun barça ehtiyot çoralari körilgan.
Pentagonda uşbu operatsiya ustida bir neça oy davomida iş olib borilgani ta'kidlab ötildi.
GBU-43 odatda standart bombalar va artilleriya zarbalariga doş bera oladigan bunkerlar, tunnellar va boşqa yer osti nişonlariga maksimal ziyon yetkazişga möljallangan bombadir.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, AQŞ armiyasida bunday bombadan 15 dona bor. Bombaning ta'sir doirasi 140 metrga teng. Uning zarba kuçi şunçalikki, portlaş markazidan yarim kilometrgaça uzoqlikda vayronalar yuz beradi.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Afğoniston böyiça yangi strategiya işlab çiqayotgani va bu mamlakatda köproq qurolli kuçlarni qöllaşni rejalaştirayotgani ma'lum qilingandi.












