Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy kengaşi Moldovaga YeOIIda kuzatuvçi-davlat maqomini beriş haqidagi qarorni ma'qulladi. Bu haqda Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev oliy kengaşning kengaytirilgan doiradagi yiğilişida ma'lum qilgan.

Yiğilişda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston - Nursulton Nazarboyev, Armaniston - Serj Sargsyan, Qirğiziston - Almazbek Atamboyevlar bölgan. Unda şuningdek Moldova prezidenti Igor Dodon ham iştirok etmoqda. Avvalroq Dodon Qirğiziston raisligiga Moldovaga YeOIIda kuzatuvçi-davlat maqomini beriş borasida iltimos bilan murojaat qilgandi.

"Biz Moldovaning kuzatuvçi-davlat maqomini oliş borasidagi murojaatini tor doirada körib çiqdik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengaşi Moldova respublikasiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvçi-davlat maqomini beriş haqida qaror qabul qildi", - deya aytib ötgan Atamboyev.

Ma'lumot uçun, ayni damda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Qirğiziston a'zodir.