Çeçeniston respublikasi prezidenti Ramzon Qodirovning tönğiç qizi Ayşat Qodirova turmuşga çiqdi, deb xabar qilmoqda Tatler jurnali.
Naşrga köra, 18 yoşli kelinning kuyovi 19 yoşda. U "Qodirovning halok bölgan sinfdoşi, döstining öğli".
"Yoşlar töydan ikki hafta avval tanişişgan. Ular Qodirov qarorgohidan 5 daqiqalik uzoqlikdagi uyda istiqomat qilişadi", — deyiladi maqolada.
Umuman, respublika yetakçisining 12 nafar farzandi bor.
Ayşat Qodirova özining ilk intervyusida aytişiça, u özi hijob taqişni va Qur'onni yodlaşni xohlagan.
"Römol öraşga özim qaror qilganman. Otam menga, şunday qilsam özini juda ham baxtiyor his qilişini aytdi va men öraşga qaror qildim. Men uçun ota-onamning xursandçiligi birinçi örinda", — degan Ayşat.
"Bundan taşqari Qur'oni Karimning sönggi surasini yodlab bölgan kunimni va ota-onamga bu haqda aytganimni heç qaçon unutmayman. Ularning xursandçilik köz yoşlarini köriş men uçun oliy baxtdir", — deya tan olgan Qodirova.












