Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga işçi taşrifini amalga oşiradi. Bu haqda Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev iştirokidagi anjumanda ma'lum qilindi.

Anjumanda iştirok etayotgan «Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, Abdulaziz Komilov ayni vaqtda Xitoy safariga tayyorgarlik körilayotgani haqida ma'lumot bergan.

Prezident Xitoy poytaxti Pekinda may oyida ötkaziladigan «Buyuk Ipak yöli» sammitida iştirok etadi. Sammit doirasida, 14-15 may kunlarida «Bir mintaqa, bir yöl» şiori ostidagi oliy darajadagi xalqaro forum bölib ötadi.