Roppa-rosa 105 yil avval, 1912 yilning 15 apreliga o‘tar kechasi o‘sha vaqtda dunyoda eng katta yo‘lovchi kemasi hisoblangan "Titanik" okean tubiga g‘arq bo‘lgandi. Kemaning bortida 2223 odam: 1334 yo‘lovchi va ekipajning 899 a'zosi bo‘lgan. Fojiada 1517 kishi halok bo‘lgan. "Titanik"ning halokatga uchrashi butun sayyoramiz ahlini larzaga solgan va 1912 yilda eng yirik falokat deb qabul qilingan.
Angliyaning Sautgemptonidan Nyu-Yorkka yo‘l olgan "Titanik"ning cho‘kishiga uning aysberg bilan to‘qnashuvi oqibatida shikastlanishi sabab bo‘lgan.

"Titanik"ning halokatga uchrashi surati

Kema qurilishining boshlang‘ich bosqichi. Old planda "Olimpik" kili, orqada esa "Titanik" kili, 1909 yil

"Titanik" suvga tushirilishga tayyor, 1911 yil

«Titanik» suvga tushirildi, 1911 yil

"Titanik" Tomson dokida qo‘shimcha qismlari qurilishida, 1912 yil






























