Köz — juda nozik organ, uni işqalaş yoki notöğri parvariş qiliş mumkin emas. "Layfxaker" naşri şu mavzudagi maqolasini taqdim etdi.

 

Umumiy tavsiyalar

Tuş çyotkasi, daraxt şoxi yoki tirnoq kutilmaganda közga jarohat yetkazişi mumkin, bunda kuçli açişiş va noqulaylikni his qilişingiz yoki jarohat yengil bölsa, heç narsani sezmasligingiz mumkin. Şuning uçun buning oldini oliş va mutaxassisga köringan yaxşi. Şifokor infeksiya rivojlanmasligi va çandiq hosil bölmasligi uçun tomçi yoki maz yozib beradi.

Agar közga biror narsa tuşsa, uni işqalay körmang. Predmet közning şilliq qavatini şilişi va jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.

Yuvilmagan qöl bilan közingizga tega körmang. Közning şilliq qavatini iflos suv bilan yuvmang. Pintset, tiş tozalagiç va boşqa qattiq jismlarni qöllamang: ular nozik töqimalarga jarohat yetkazişi mumkin.

Közning yuzasiga zarar yetkazgan obektni olib taşlaşga urinmang. Bunday vaziyatda darhol şifokorga köriniş zarur.

Közlaringizda kontakt linzalar bölsa, ularni yuvmang. Avval linzalarni olib taşlang.

 

Közga kimyoviy faol modda tuşsa, nima qiliş kerak?

Qöllaringizni yaxşilab yuving. Ularda sovun yoki közga tuşgan moddaning izi qolmaganiga işonç hosil qiling.

Linzalarni olib taşlang, çunki linza közga tuşgan moddani öziga tortib olgan va köz sathiga ziyon yetkazgan bölişi mumkin.

Közlaringizni 15-30 daqiqa davomida suv bilan yuving. Agar şunda ham noqulaylik hissi ketmasa, şifokorga boring. Har ehtimolga qarşi, özingiz bilan közingizga tuşgan modda namunasini oling.

Agar kon'yunktivga yelim tuşgan bölsa, uni mustaqil ravişda olişga urinmang: bu iş bilan faqat oftalmolog şuğullanişi kerak. Közingizni yuvib, köz şifokoriga körining.

 

Közga ğayritabiiy tana tuşsa, nima qiliş kerak?

Qöllaringizni yaxşilab yuvib taşlang. Közning şilliq qavatidan ğayritabiiy tanani topişga harakat qiling.