Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy kengaşi kengaytirilgan yiğilişida YeOII işi bilan boğliq dolzarb masalalar va hamkasblari bilan hamkorlik haqida öz fikrlarini bildirib ötdi.
Uning ta'kidlaşiça, Rossiya Qozoğiston bilan fazoviy sohada faolroq hamkorlik qiladi. Bu “Boyqönğir” kosmodromidan uzoq muddat davomida foydalaniş, birgalikda raketa-kosmik texnikasini işlab çiqiş va parvozga çiqarişni nazarda tutadi.
«Nursulton Abişeviçni şundan xabardor etmoqçimanki, biz fazoviy sohadagi hamkorligimizni “Boyqönğir”dan foydalangan holda kengaytirişni davom ettirişga qaror qildik. Barça rejalarimiz muvofiqlaştiriladi. Gap “Vostoçnyy” kosmodromini siz bilan bizda bor bölgan loyihalar böyiça yanada faolroq foydalaniş haqida ketmoqda», - deya ta'kidlab ötdi RF prezidenti.
Rossiya yetakçisining fikriça, YeOII davlatlari iqtisodiy operatorlar uçun umumiy va hajmkor bozorni taşkil etişda natijalarga erişişgan.
«YeOII taşqi kon'yukturaga qaramay öziga xos «xavfsizlik yostiqçasi» sifatida işladi. Milliy iqtisodiyotlar moslaşdi. Eksport-import amaliyotlari tuzilmasi ança oşdi va yaxşilandi, xomaşyo olib çiqib ketiş va maşinalar hamda mahsulotlar eksporti ösdi», - degan Vladimir Putin.
Şuningdek, Putin Qirğizistonda yengil va tekstil sanoatini tiklaş uçun şaroitlar yaratilganini ta'kidlab ötgan. Şu bilan birga, u kapitali 4 mlrd. dollar bölgan Yevroosiyo taraqqiyot banki örnini yuqori baholadi.
“Bank va Yevroosiyo iqtisodiyotni barqarorlaştiriş jamğarmasi sarmoyaviy taşabbuslarni amalga oşirişda katta öringa ega. Sönggi misol – Qirğiziston bilan yaqinda imzolangan 110 million dollarlik kelişuv”, - degan Putin.
Rossiya prezidentining fikriça, bojxona sohasiga tegişli axborot xizmatlarini körsatiş farqida muammolar bor hamda tovarlar harakatlanişini elektron tizim orqali kuzatişni taşkil etiş kerak.












