Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyan şahrining Ryomyon köçasida yangi turar-joy majmuasi oçildi. Mamlakat rahbari Kim Çen In tadbirga keldi, biroq heç narsa gapirmagan. Tadbirga önlab xorijiy jurnalistlar va fotosuratçilar taklif etildi.
Köplab binolar, jumladan köp qavatli inşootlardan iborat majmua bir yil avval qurila boşlangan bölib, Quyoş kuniga atab oçildi: 15 aprel kuni KXDR Doimiy prezidenti Kim Ir Sen tavalludiga 105 yil töldi. Hukumatning bildirişiça, Ryomyon köçasidagi xonadonlar olimlar, öqituvçilar va ba'zi davlat xizmatçilariga beriladi. Qaçon berilişi esa – savol ostida.
Quyida Şimoliy Koreya poytaxtidagi osmonöpar binolar hamda tantanali tadbir tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi. Mamlakat boş vaziri Pak Bon Çjuning sözlariga köra, davlat rahbari ba'zi uylarning dizayni va içki körinişini işlab çiqişda şaxsan iştirok etgan.

Pxenyanning Ryomyon köçasidagi turar-joy majmuasi oçilişidan söng, 2017 yil 13 aprel

Turar-joy majmuasi oçilişiga bağişlangan tantanali marosim, 2017 yil 13 aprel

KXDR oliy rahbari Kim Çen In Ryomyon köçasidagi aholi turar-joy tumanining oçilişi marosimida, 2017 yil 13 aprel

Turar-joy majmuasi oçilişiga bağişlangan tantanali marosim, 2017 yil 13 aprel

Ryomyon köçasidagi dökon, 2017 yil 13 aprel

Turar-joy majmuasi oçilişiga bağişlangan tantanali marosim, 2017 yil 13 aprel

































