Toşkent viloyati Angren şahrida 3 nafar noma'lum şaxslar işdan çiqib, oilasiga şoşilgan 1975 yilda tuğilgan D.Karimovni tunab ketdilar, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati
Jabrdiyda fuqarodan 450 000 söm puli va “Nokiya” mobil telefoni bölgan sumkasini tortib olib, qölga kiritgan jinoyatçilar şu onda közdan ğoyib bölişga urinişadi. Lekin buzoqning yugurgani somonxonagaça deganlaridek, ular ham uzoqqa borişa olmadi. Içki işlar xodimlarining tezkor harakatlari natijasida talonçilar qölga olindi.
Eng açinarlisi, biri 55, ikkinçisi 40 yoşni qoralagan bu kimsalar endi 20 yoşdan oşgan öz mahalladoşi Furqat köçasida yaşagan D.Majidovni jinoyatga undagan.
Ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.











