Turkiyaning amaldagi prezidenti Rajab Toyib Erdöğan mamlakat konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş böyiça referendumda ovoz berdi. U Istanbuldagi saylov uçastkasida bölgan.

«Bizda avval köp marta referendum ötkazilgan, ammo bunisi — alohida. U mamlakat rahbariyatida özgarişlar amalga oşirişga qaratilgan. Turkiya yetarliça rivojlangan, ammo endi unga yangiça impuls kerak. Umid qilamanki, xalq buni amalga oşirişni yoqlab ovoz beradi», — degan Erdöğan.

Şu vaqtga qadar turkiyalik köplab taniqli siyosatçilar ovoz beriş jarayonida iştirok etişdi. Jumladan, mamlakat boş vaziri Binoli Yildirim Izmirdagi saylov uçastkasida bölgan. U referendumda «ha» yoki «yöq» deganiga aniqlik kiritmagan. Avvalroq u referendumning har qanday natijasiga tayyorligini bildirib ötgandi.

Bugun Turkiya fuqarolari mamlakat konstitutsiyasiga 18ta özgartiriş kiritiş böyiça loyihaga munosabatini bildirmoqda. Islohotlar paketidagi asosiy jihat — boşqaruvning prezidentlik şakliga ötişi böyiçadir.