Fransiya Içki xavfsizlik boş boşqarmasi mamlakat prezidentligi uçun nomzodlarni saylovoldi jarayoni vaqtida ekstremistlar tomonidan jiddiy xavf mavjudligi haqida ogohlantirdi.

Le Journal du Dimanche naşrining yozişiça, ogohlantiriş haqida bildirişnomalar ötgan haftada nomzodlarning ştablariga yöllangan. Şuningdek, ularni qöriqlaşga mas'ul bölgan politsiya xizmatlariga tegişli ma'lumotlar taqdim etilgan.

«Terrorçilik xavfi yuqori darajada, barça xizmatlarimiz şay holatga keltirilgan», — deya ma'lum qilgan Fransiya IIV rahbari Mattias Fekl.

Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodlar ön bir kişidan iborat. Ularning beş nafari saylovoldi sörovlarida yetakçilik qildi, bular — öng «Milliy front» raisi Marin Le Pen, «Olğa» partiyasi yetakçisi, sotsial-liberal Emmanuel Makron, öng markazçilarning «Respublikaçilar» partiyasidan nomzod Fransua Fiyon, «Sotsialistik partiya» praymerizi ğolibi Benua Amon va öta söllar vakili, «Böysunmagan Fransiya» asosçisi Jan-Lyuk Melanşon.

«Olğa» partiyasidan nomzod Emmanuel Makron saylovoldi munozaralarning birinçi raundida eng yaxşi körsatkiçni namoyon qilgan.