Qozoğistonning Ostona şahrida "Bloomberg" telekanalining idorasi oçiladi. Bu haqida Qozoğiston Respublikasi boş vazirining rasmiy saytida xabar berildi. 

"Qozoğiston boş vaziri Bakitjan Sagintayev AQŞga rasmiy taşrifi doirasida Nyu-Yorkning sobiq merlari Rudolf Juliani va Maykl Blumberg bilan uçraşdi. Muzokaralar davomida telekommunikatsion infratuzilma, şuningdek "Ostona" xalqaro moliyaviy markazi rivoji  sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bundan taşqari, Ostonada "Bloomberg" telekanali va idorasi oçilişiga doir kelişuv - ötkazilgan uçraşuvlarning muhim natijasi böldi", - deyiladi boş vazir saytida. 

Şuningdek Sagintayev Chevron, Citigroup, Bloomberg, WR Berkley Group, GE Transportation, OSI Systems, Pfizer, Cisco, Robomatter Inc., sentra IBM Watson, Autodesk, Tesla Motors, Bridge WestGroup, Learn Capital, Sound Hound, Uber, Silicon Valley Innovation Center, Google va Microsoft vakillari bilan uçraşdi. Ular bilan IT-texnologiyalar, maşinasozlik, energetika, kimyo, oziq-ovqat va qayta işlaş sanoati, telekommunikatsiyalar, kelajak transporti, quriliş, ta'lim, soğliqni saqlaş va turmuş sifatini yaxşilaş sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Yirik IT-kompaniyalar bilan muzokaralar davomida Qozoğiston uçun muhim memorandumlar imzolandi.