Artel – eng yirik milliy maişiy texnika işlab çiqaruvçisi bölib, Xitoyning Guançjou şahridagi 121-Canton Fair 2017 xalqaro körgazmasida öz ekspozitsiyasini muvaffaqiyatli ravişda namoyiş etdi. Canton Fair dunyodagi eng yirik import-eksport mahsulotlari körgazmasi öz eşiklarini 15 aprel kuni 24 mingdan ortiq xorijiy va milliy korxonalarga oçdi. Artel öz texnikasini Germaniya, Yaponiya, Koreya, Rossiya, Polşa, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya kabi davlatlarning yetakçi kompaniyalari bilan birgalikda namoyiş etmoqda.

Kompaniya joriy yilda körgazmada barça turdagi maişiy texnikani muvaffaqiyatli ravişda namoyiş etdi. Gaz plitalari, muzlatgiçlar, konditsionerlar, televizorlar, mini-peçlar, çangyutkiçlar, mikrotölqinli peçlar, kir yuviş maşinalari, mobil telefonlar va boşqa texnikalar şular jumlasidandir.

Bugungi kunda Canton Fair – keng kölamli xalqaro savdo yarmarkasi bölib, u işçi aloqalarni kengaytiriş va mustahkamlaş uçun asos bölib xizmat qiladi. Yarmarka bir yilda ikki marta ötkazilib, 1 mln. kv. m. bölgan körgazma majmuasida 210 davlatdan ortiq taxminan 200 ming xorijiy mijozlarni jamlaydi. Artel uçun bunday kölamdagi körgazmada iştirok etiş – yaxşi imkoniyat bölib, bu nafaqat özi haqida butun dunyoga ma'lumot beriş uçun, balki yangi hamkorlarni topiş va uzoq muddatli hamkorlik kelişuvlarini yölga qöyişga ham imkon beradi.

Şuni ta'kidlab ötiş joizki, bu Artel kompaniyasining Canton Fair xalqaro körgazmasidagi birinçi iştiroki emas. Kompaniya avvalgi iştirok yakunlari böyiça hamkorlik haqida köplab takliflarni olmoqda. Artel savdo markasiga ortib borayotgan bunday qiziqiş işlab çiqarilayotgan mahsulot sifati ösib borayotgani va tobora jahon standartlari normalariga mos kelayotganini tasdiqlaydi.

Reklama huquqi asosida.












