Mansur Örozmetovning (ism-familiyalar özgartirilgan) öylamay qilgan birgina qilmişi uni 66 yoşida sudning qora kursisi tomon yetakladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bu şaxs tibbiyot sohasida faoliyat körsatib, aholining tibbiy madaniyatini oşiriş, hududning sanitariya-gigiyena holatini yaxşilaş işiga hissa qöşib kelgan. Xorazm viloyatidagi tumanlarning birida DSENM boş şifokori örinbosari, 2015 yildan esa mazkur tumanga boş şifokor vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlanadi.

Iş kunlarining birida fuqaro K.Şaripov kelib, qaysidir qişloqda yaşovçi tanişi Yu.Matnazarovga tegişli noturar joy bölgan bino va inşootlarni turar joy toifasiga ötkaziş uçun ularning sanitariya talablariga muvofiq kelişi yoki kelmasligi yuzasidan sanitariya xulosasi yozib berişni söraydi.

-  Bu qiyin masala, - dedi boş vraç vazifasini bajaruvçi. – Ammo eplasa böladi. Buning uçun esa 200 AQŞ dollari yoki bir million ikki yuz ming söm beriş kerak böladi.

-  Ança qimmat ekan?!

-  Endi, özingiz tuşunasiz-ku...

Aslida DSENMga tuman hokimligi uşbu masalaga oydinlik kiritiş yuzasidan xat yuborgan, şu asosdan sanitariya xulosasi tayyorlangan va hokimlikka tez kunlarda taqdim qilinişi kerak edi. M.Örozmetov vaziyatdan ustamonlik bilan foydalanib qolmoqçi böldi.

M.Örozmetov öz xizmat xonasida 200 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi. Sud hukmi bilan unga ma'lum muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.