«Barselona» hujumçisi Neymar kelgusida Braziliyaning «Flamengo» jamoasi safida töp suriş istagi borligini ma'lum qildi.
«Kelajakda, qaçondir liq tölgan «Marakana» stadionida «Flamengo» libosida Libertadores kubogida maydonga tuşişni istayman», deya Neymarning sözlarini keltiradi Esporte Interativo.
Şuningdek, Neymar sobiq jamoasi «Santos» haqida ham fikr bildirgan: «Klubdagilar meni sudga bergan bölişsada, «Santos»ni yaxşi körişdam davom etmoqdaman. Ba'zi menga qarşi harakatlarning sababini tuşunmayman. Bu yerda bir qança noma'lum şaxslarning tarixi yotibdi».
Eslatib ötamiz, Neymar 2013 yilga qadar «Santos» şarafini himoya qilgan va «Barselona»ga transfer qilingandi. Şundan söng «Santos» Neymar va otasini transfer jarayonida qalloblik qilganlikda ayblab sudga murojaat qilgan.
Manba: Tribuna.Uz












