Turkiyada konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş böyiça referendum uçun oçilgan saylov uçastkalari yopildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, referendum natijalari kun oxiriga qadar ma'lum böladi.
Mamlakatda 55 million saylovçi uçun 170 mingga yaqin saylov uçastkalari oçilgandi.
Referendumning asosiy maqsadi Turkiyada bugungi kunda mavjud bölgan parlament boşqaruvi örnida prezident boşqaruvi tizimini kiritiş edi. Buning uçun mamlakat konstitutsiyasiga 18ta özgariş kiritiş nazarda tutilgan.
Agar referendumda mamlakat aholisi yangi islohotlarni qöllab quvvatlasa, Erdöğan çeklanmagan vakolatga ega böladi. Ya'ni, prezident davlat, hukumat va sud tizimi ustidan nazorat qiliş huquqiga ega böladi. Bundan taşqari, nazariy jihatdan Erdöğan yana ikki marta prezidentlikka saylanişi mumkin.
Dastlabki natijalarga köra, konstitutsiyaviy islohotni ma'qullaganlar 62,2 foizni, qarşi çiqqanlar 37,8 foizni taşkil qilgan. Köriş mumkinki, faqat yirik şaharlar va dengiz böyidagi hududlarda "yöq" javobini berganlar ustunlik qilgan.













